2024 yil -5-7 noyabr, Toshkent, O'zbekiston

favicon (1)

6 - 8 Сентября, 2023, Ташкент, Узбекистан

OAV akkreditatsiya qilish

Akkreditatsiya uchun ariza

Akkreditatsiya uchun arizalar faqat rasmiy ro'yxatdan o'tgan ommaviy axborot vositalaridan qabul qilinadi. Ko'rgazma tadbirlariga akkreditatsiyadan o’tish uchun quyidagi ariza shaklini to'ldiring. 

    Akkreditatsiya qoidalari

    Rasmiy ro'yxatdan o'tgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan xorijiy ommaviy axborot vositalari matbuot markazida jurnalistlarni akkreditatsiya qilish huquqiga ega.

    OAV vakillarini akkreditatsiya qilish ko'rgazma pavilyonlarini ro'yxatdan o'tkazish zonasida, shuningdek matbuot markazida ko’rgazma o'tkazish davrida tahririyat guvohnomasi yoki tahririyatdan xat taqdim etilgandan so'ng amalga oshiriladi.

    Telefon raqami orqali oldindan akkreditatsiya qilish mumkin:
    + 998 71 205 18 18

    Tahririyat guvohnomasi asosida ko'rgazmani ro'yxatdan o'tkazish zonasida jurnalistga "PRESS" beydji beriladi. Beydj ko'rgazmaning barcha ish kunlari davomida ko'rgazma pavilyonlariga bepul kirish huquqini beradi. OAV vakillari uchun ko'rgazma pavilyonlariga kirish faqat “PRESS” beyj taqdim etilgandan so'ng amalga oshiriladi.

    Akkreditatsiyadan o'tgan jurnalistlarga ko'rgazma ishini tezkor yoritish bo'yicha faoliyat uchun zarur shart-sharoitlar taqdim etiladi:

    • Ko'rgazmaning biznes tadbirlari o'tkaziladigan sana, vaqt va joy to'g'risida dastlabki xabarnoma;
    • Biznes-tadbirlar zallarida joy ajratish ("yopiq" yig'ilishlardan tashqari), shu jumladan, brifinglar, matbuot anjumanlari;
      Jurnalistlarni zarur axborot materiallari bilan ta'minlash;
    • Kompaniya xodimlari, mehmonlar va ko'rgazma ishtirokchilari bilan individual uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etishga ko'maklashish;

    Akkreditatsiya jurnalistlarga rasmiy shaxslar tashriflari paytida ularning biznes tadbirlarida bevosita ishtirok etishini kafolatlamaydi. 

    Copyright © 2022 E-TechExpo

    Saytdan foydalanish qoidalari